Maslahat - to‘y oldidan oila kengashi
To‘yni butun oila birga tayyorlaydi
To‘y oldidan oila maslahatga yig‘iladi: kim kimni chaqiradi, kim nimaga mas’ul, xarajat qancha bo‘ladi. eTaklif - ana shu maslahat bir joyda: har bir qarindosh o‘z mehmonlarini o‘zi yozadi, Siz esa butun ro‘yxatni, o‘rinlar sonini va javoblarni ko‘rib turasiz.
Bepul. Ro‘yxatdan o‘tmasdan sinab ko‘rishingiz mumkin - qoralama brauzeringizda saqlanadi.
| Oila | O‘rin | Javob |
|---|---|---|
| O‘zimiz | ||
| Aliyevlar | 4 | Keladi |
| Valiyevlar | 3 | Yuborildi |
| Botir tog‘ao‘z havolasi orqali | ||
| Eshmatovlar | 5 | Keladi |
| Valiyevlar | 3 | Takror |
| Kelin tomono‘z havolasi orqali | ||
| Toshmatovlar | 6 | Kutilyapti |
| Karimovlar | 2 | Kutilyapti |
Maslahat
Tanish holatmi?
Bir oila - ikki marta
Ro‘yxat telefonda aytib yozdiriladi - oqibatda bir oila ikki marta yozilib qoladi.
Kimni kim chaqirgan?
Kim kimni chaqirgani esdan chiqadi: kimdir ikki marta aytiladi, kimdir esa unutilib qoladi.
Nechta o‘rin kerak?
Necha kishi kelishi faqat to‘y kuni ma’lum bo‘ladi.
eTaklif maslahatni bir joyga jamlaydi: mehmonlar ro‘yxatini bir kishi emas, butun oila tuzadi.
Sayt - butun oila to‘y maslahatini qiladigan davra. Ilova - to‘y kuni cho‘ntagingizdagi yordamchi.
To‘rt qadam
Qanday ishlaydi
-
To‘yni kiriting
To‘y turi, kuni va joyi - boshlash uchun shuning o‘zi kifoya.
-
Qarindoshlarga havola ulashing
Har kimning o‘z havolasi bo‘ladi. Har bir qarindosh o‘z mehmonlarini o‘zi yozadi - ro‘yxatdan o‘tmasdan, ilova o‘rnatmasdan. Siz umumiy ro‘yxatni ko‘rib turasiz.
-
Taklifnomalarni Telegram orqali yuboring
Har bir oilaga shaxsiy havola boradi. Mehmon hech narsa o‘rnatmasdan, ikki marta bosib javob beradi.
-
Javoblar va o‘rinlarni kuzatib boring
Javoblar va o‘rinlar soni darhol ko‘rinadi. To‘y kuni - kiraverishdagi ro‘yxat, to‘yona esa ilovada yozib boriladi.
2019-yilgi qoidalarga ko‘ra to‘yga - 200 nafargacha, oshga - 250 nafargacha mehmon aytiladi. Sayt o‘rinlarni sanab, shu chegara bilan solishtiradi. Qoidalar matni - lex.uz
To‘yga tayyorgarlikni boshlashIsh joyi
Ichida nimalar bor
Yetti bo‘lim - maslahatda ko‘riladigan har bir masalaga bittadan.
Mehmonlar
Ro‘yxatni Excel jadvalidan ko‘chirib qo‘ying yoki qo‘lda yozing. Sayt takrorlangan oilalarni topadi va o‘rinlarni sanaydi: nechtasi band, qoidaga ko‘ra nechtagacha mumkin.
Qarindoshlar
Har biriga alohida havola. Kim kimni yozgani ko‘rinib turadi; havolani yopib qo‘yish mumkin.
Taklifnoma
Har bir oilaga shaxsiy havola. Kompyuterdan Telegram orqali yuborasiz - javoblar ro‘yxatda ko‘rinadi.
Reja
Sanalari bilan ishlar ro‘yxati: qaysi ish qaysi kungacha bitishi kerak. Namunani o‘zingizga moslab o‘zgartirasiz.
Hisob
To‘y xarajatlari: to‘yxona tariflari yonma-yon, dasturxon, odamlar va xizmatlar, ijara - va osh hisobi. Narxlarni to‘yxona va ustalardan so‘rab, o‘zingiz yozasiz.
Matnlar
Taklifnoma matnlaridan namunalar - kirill va lotin yozuvida, rus tilida. Har birini o‘zgartirishingiz mumkin.
Yakun
To‘y yakuni va to‘yona daftari: ilovada yozilganlar shu yerda ham ko‘rinadi.
Mehmon uchun
Mehmon hech narsa o‘rnatmaydi
Oilaga Telegram orqali shaxsiy havola boradi. Havolani ochsa - taklifnoma: kuni, joyi va yo‘li bilan. Javob berish oson: necha kishi kelishini yozadi va «Kelamiz» yoki «Kela olmaymiz» tugmasini bosadi. Javob shu zahoti ro‘yxatingizda ko‘rinadi.
- O‘rnatish ham, ro‘yxatdan o‘tish ham shart emas
- Telegram ichida ham, istalgan brauzerda ham ochiladi
- Mehmonlar uchun - bepul
Ilova
Ilova - to‘y kuni cho‘ntagingizda
Tayyorgarlik saytda ko‘riladi. To‘y kuni esa telefon kerak: u eslatadi, yo‘lni ko‘rsatadi va to‘yonani yozib boradi.
Eslatmalar
To‘yni oldindan eslatib turadi.
Yo‘l
Manzil va boradigan yo‘l doim qo‘l ostida.
Kiraverishda to‘yona
To‘yonani kiraverishning o‘zida, oilama-oila yozib borasiz.
Yillar daftari
Kim Sizga nima bergani, Siz kimga nima berganingiz yillar bo‘yi saqlanadi.
Ilovani yuklab olish
Sayt va ilovadagi ma’lumot bir xil - o‘sha telefon raqamingiz bilan kirsangiz bo‘ldi.
Ochiqchasiga
Qoidalarimiz
Mehmonlar uchun - bepul
Taklifnomani ochish, javob berish, yo‘lni ko‘rish - mehmon uchun hammasi bepul.
Pul biz orqali o‘tmaydi
To‘yonadan ulush olmaymiz, to‘lovlarni ham o‘tkazmaymiz.
Reklama yo‘q
Saytda ham, ilovada ham reklama yo‘q.
Buni kim qilyapti
Biz haqimizda
Ilovani Toshkentda eTaklif jamoasi yaratmoqda.
Oilaviy tadbirlar hozircha yozishmalarda va daftarlarda qolib ketyapti: taklifnoma chatda yo‘qoladi, mehmonlar ro‘yxati bir varaq qog‘ozda turadi, to‘yona esa eski daftarga yoziladi. Oila daftari yillar davomida saqlanadi - u bundan yaxshirog‘iga munosib.
To‘y yaqinmi? Mehmonlar ro‘yxatidan boshlang.
To‘yga tayyorgarlikni boshlashBepul. Ro‘yxatdan o‘tmasdan sinab ko‘rishingiz mumkin - qoralama brauzeringizda saqlanadi.